"Mening maktabim" tanlovi
2025-12-16 05:36:21
•
Tadbirlar
📣 35-maktab o‘quvchilari diqqatiga!
📆 15-dekabrdan boshlab “Mening maktabim” loyihasining 2025-yilgi 2-bosqichi start oladi. Ushbu bosqich doirasida 35-maktab ham faol ishtirok etadi.
👩🎓👨🎓 Aziz 5–11-sinf o‘quvchilari!
Siz o‘zingiz ta’lim olayotgan 35-maktabni yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni taklif qilishingiz va eng yaxshi tashabbuslarga ovoz berishingiz mumkin.
📝 Loyihani kiritishning 2 usuli mavjud:
1️⃣ Avtomatik tarzda — tayyor loyiha namunalari orasidan o‘zingizga yoqqanini tanlash orqali;
2️⃣ Mustaqil ravishda — yangi va ijodiy g‘oyangiz asosida loyiha yaratish orqali.
💻 “Ochiq budjet (https://openbudget.uz/home)” portali orqali faol bo‘ling, o‘z fikringizni bildiring va 35-maktab kelajagiga bevosita hissa qo‘shing!
📌 35-maktab — bu bizning faxrimiz! Kelajagi esa sizning qo‘lingizda!
← Barcha yangiliklar